Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Аmaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Mahalliy Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlarining o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqilgan. Mazkur reja-grafikra asosan Qashqadaryo viloyatining bir guruh deputatlari, kotibiyati mudirlari va xodimlaridan iborat xalq vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida xalq vakillari xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish hamda Kengashlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida shahar Kengashida bo‘ldilar. Xalq vakillari dastlab shahar Kengashida deputatlar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishib Kengashda doimiy komissiyalar ishini tashkil etish, nazorat-tahlil tadbirlari, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli ishlashi, va sessiya majlislarini o‘tkazishga oid faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkazilayotgan doimiy komissiya yig‘ilishida bevosita ishtirok etdilar. Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi raisi P.Shukurov, viloyat kotibiyat mudiri N.Karimova  va Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi, shahar hokimi K.Xolmurodovlar xam qatnashdilar. Komissiya yig‘ilishida muhokama etilayotgan masalalar yaʼni Jizzax shahrida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish va transport sohalaridagi vazifalarning bajarilishi, Jizzax shahrida obodonlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Jizzax shahrida ekologiya sohasidagi ustuvor vazifalarning bajarilishi, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish borasidagi ishlar  yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Yig‘ilishda hisobot berayotgan masʼullarga deputatlar tomonidan savollar berilib xar bir masala atroflicha muhokama etildi. Tadbir so‘ngida Qashqadaryo viloyati xalq vakillarining xam kun tartibiga oid masalalar yuzasidan fikrlari eshitildi.

Slide 1 of 6