Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi bilan Uzun tumanida ona tilimizga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumanimizdagi 23-sonli umumta’lim maktabida yorqin va mazmunli tadbir tashkil etdilar.
Faol yoshlar bosh-qosh bo‘lgan uchrashuvda ona tilimizning boy tarixi, uning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish borasida mazmunli suhbatlar qurildi.
O‘quvchilar tomonidan buyuk adiblarimiz ijodidan namunalar, ona tilimizni ulug‘lovchi sherlar yangrab, barchada o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Mazkur tashabbus yoshlar qalbida milliy g‘urur, ona tilimizga nisbatan cheksiz hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.