♂️ SALOMATLIK YO‘LAGI — AHOLI UCHUN QULAYLIK
Uychi tumani O‘nhayot mahalla fuqarolar yig‘inidagi Amir Temur ko‘chasida aholi uchun yana bir qulaylik — salomatlik yo‘lagi barpo etildi.
Mazkur yo‘lak, avvalo, piyodalar xavfsizligini ta’minlash, mahalla aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi va jismoniy faolligini oshirishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
👣♀️👣♂️ Endi mahalla aholisi xavfsiz va obod hududda sayr qilishi, yurishi va kundalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi mumkin