23-sonli maktabda qizlar uchun texnologiya darslarining o‘tilish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida maktab direktori hamda biriktirilgan mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda qizlar uchun texnologiya darslarining tashkil etilishi va o‘tilish sifati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, o‘quvchi qizlarning tikish-bichish va hunarmandchilik ko‘nikmalarini egallashlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi, sinf xonasi zaruriy tikuv mashinalari hamda amaliy mashg‘ulot qurollari bilan ta’minlanganligi ko‘zdan kechirildi.