XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
Kengash raisi G. Hakimova va Kotibiyat mudiri N. Dedaxanova tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishsiz va bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.