"Serxarakat" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan haftalik ish rejasiga muvofiq, 19-“Serxarakat” saylov okrugida Kengash kotibiyati xodimi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish (tavsiya)” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.