Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

📌 2026-yil 18-sentabr kuni Kengashlar uyida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi 37-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Sessiyani Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.

✅ Sessiyada viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul mutasaddilar hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

⁉️ Sessiya kun tartibidan 16 ta masala o‘rin oldi. Jumladan:

✅ Viloyat hokimining qarorlarini tasdiqlash;

✅ Ichimlik suvi ta’minoti va uy-joy fondini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlarini eshitish;

✅ Viloyatdagi 1 063 ta mahalla chegaralarini belgilash masalasini ko‘rib chiqish;

✅ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish;

✅ Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini “Quljamon”dan “Gulobod”ga o‘zgartirish;

✅ Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini belgilash;

✅ Payariq tumani “Toshhovuz” MFY hududida avtomobil yo‘lini kengaytirish va rekonstruksiya qilish maqsadida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish;

✅ Viloyat mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish hamda viloyat budjetidan maqbullashtirilgan mablag‘larni yo‘naltirish;

✅ Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobotni eshitish;

✅ “O‘zbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya” loyiha konsepsiyasini ma’qullash;

✅ Kengash sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot va hisobotlarini samarali tashkil etish;


🌀 Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglandi. Jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, uy-joy fondi, mahallalar chegaralarini belgilash, yer munosabatlari, budjet mablag‘laridan foydalanish, energiya samaradorligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

⁉️ Deputatlar tomonidan mas’ullarga savollar berilib, muhokamalar o‘tkazildi, bildirilgan fikr va takliflar asosida ayrim masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

▶️ Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

⚡️ Qabul qilingan qarorlar viloyatda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududiy masalalarni tartibga solish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, energiya samaradorligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan.

Slide 1 of 9