Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi hamda Kengashning haftalik ish rejasiga asosan tuman Yo'llardan foydalanish davlat muassasasida o'rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uzun tumanida yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni yot g'oyalar va asrimiz vabosi bo'lgan
янв.21
DEPUTAT O‘RGANISHI: MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA HAFTALIK ISH REJALAR IJROSI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Deputatlar diqqat markazida: "Yoshlik" MFYda obodonlashtirish ishlari qat'iy nazoratga olindi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Safargul Rajabova mahallarda qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
Oltinsoyda uchta mahallani bog‘lovchi yo‘lni asfaltlash bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

Muammo nimada? Murojaatda ta’kidlanishicha, “Jiyanbobo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qoratepa” va “Guliston” mahallalarini o‘zaro bog‘lovchi Polvon ota ko‘chasining 1 650 metr qismi ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab ahvolda qolmoqda.

Yo‘gingarchilik kunlarida loy va noqulayliklar yuzaga kelmoqda;

Quruq va issiq havoda chang ko‘tarilib, aholi va keksalar, maktab o‘quvchilari hamda yosh bolali oilalarning kundalik harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

Transport vositalari harakati qiyinlashib, mahallalararo transport aloqasi va harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qilmoqda.

Deputat nimani taklif etmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, deputat quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishni so‘ragan:

Polvon ota ko‘chasining 1 650 metr qismini asfaltlash ishlarini 2027-yilda amalga oshiriladigan dasturga kiritish;

Ushbu loyiha uchun zarur mablag‘larni ajratish va qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

Mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ko‘chaning texnik holatini baholash va amaliy yordam ko‘rsatish.
Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi uchta mahalla (“Jiyanbobo”, “Qoratepa” va “Guliston”) aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3