Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
“Ashirqulmergan” mahallasida ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim J.Ismoilovning faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla ijtimoiy xodimi J.Ismoilov tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Мa’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Ashirqulmergan” MFY hududidagi 83 ta oilaga jami 27 million 600 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar yetkazib berilgan. Shuningdek, 7 nafar oilaning kommunal to‘lovlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash xonadoni ta’mirlab berilgani qayd etildi. Mazkur ko‘maklar orqali ehtiyojmand fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlarni aholiga manzilli yetkazish, fuqarolarning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va qonunchilikda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish va uchrashuv jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3