Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatinin 24 ta muhim yōnalişi ijroda: Uzun tumaninda amaliy muloqot ōtkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Deputatlar D.Safarova va B.Toşboyev Uzun tumanida yangi 34-DMTTni tantanali ravişda oçib berişdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
янв.21
🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot: Murojaatlar tinglandi!
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Qabul jarayonida “To‘xlimergan” MFY, Olmazor ko‘chasi 4-uyda yashovchi fuqaro Muhammedov Dilshodjon farzandi Shuhratova Dilshodahon uchun buyrak jarrohlik amaliyotini o‘tkazish maqsadida bepul tibbiy yo‘llanma ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qildi.

Murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalani amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, tegishli tibbiyot va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6