Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatinin 24 ta muhim yōnalişi ijroda: Uzun tumaninda amaliy muloqot ōtkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Deputatlar D.Safarova va B.Toşboyev Uzun tumanida yangi 34-DMTTni tantanali ravişda oçib berişdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
янв.21
🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot: Murojaatlar tinglandi!
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi 29-sessiyasiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi 29-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan Kengash raisi O‘.Tojiyeva, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar, ular yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan tayyorlangan axborot va hisobotlar, shuningdek, doimiy komissiyalarda olib borilgan muhokamalar natijalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlarni puxta tayyorlash, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda masalalarni mazmunan va har tomonlama o‘rganish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, 29-sessiya kun tartibiga quyidagi masalalarni kiritish rejalashtirilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmonining shaharda ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qo‘qon shahridagi 850 ta geografik obyekt — ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘chalarni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Qo‘qon shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;

Qo‘qon shahrida “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish to‘g‘risida;

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratishga rozilik berish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Sessiyaga kiritiladigan masalalar yuzasidan tayyorgarlik ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, tegishli materiallarni o‘z vaqtida shakllantirish hamda sessiyada mazmunli muhokama uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4