35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Guliston mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Bahoriston MFYda muhim o'rganishlar olib borildi
янв.21
Uzun tumanida "Tashabbusli budjet"ning 2026-yil 2-mavsum g‘olib loyihalari tasdiqlandi!
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Guliston MFYda ham o'rganishlar davom etdi
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi haftalik DAYJESTI ( 14-19- SENTABR)
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyaoldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash raisi va kotibiyat mudiri deputat sifatida kambag'allik xatlovi jarayonlarini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatining navbatdagi soʻrovi yuborildi
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA

Masala yuzasidan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Mustafakulov Abdikadir Djuraxolovich tomonidan masala yuzasidan axborot berilmoqda.

Muhokama davomida yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, norasmiy ish o‘rinlarini legallashtirish, aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka tushib qolish xavfi mavjud oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputatlar tomonidan mas’ullarga savollar berilib, belgilangan ko‘rsatkichlarni yil yakuniga qadar to‘liq bajarish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholining bandligini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilmoqda.

Slide 1 of 1