📌 O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda tibbiy yordamga ehtiyojmand aholiga zarur xizmatlarni tezkor tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Jumladan:
bemorlarni qabul qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni;
tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi;
profilaktik ko‘rik va patronaj xizmatlarining tashkil etilishi;
aholining dori-darmon va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati;
tibbiyot xodimlari tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati
o‘rganildi.
🎯 MAQSAD: aholining sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish hamda fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish.