👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
D. Qoshnazarov tomonidan Ijtimoiyat mahallasida ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi; 🔹 ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar va oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar; 🔹 murojaatlarni o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar; 🔹 aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holatlari ko‘rib chiqildi.
📌 O‘rganish yakunlari asosida ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarga manzilli va sifatli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🎯 Maqsad: mahalla aholisi, ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish.