KOTIBIYAT HAMDA NNT BILAN HAMKORLIK
🤝 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tumandagi “Nogironlar jamiyati” NNT rahbari Xonbuvi Hayitova bilan uchrashdi.
📌 Uchrashuv davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning murojaatlarini o‘rganishda hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, NNT bilan Kengash kotibiyati o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, fuqarolik jamiyati institutlarining takliflarini doimiy komissiyalar faoliyatiga jalb etish va aholi muammolarini birgalikda o‘rganish bo‘yicha fikr almashildi.
🎯 Maqsad — NNTlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi manfaatlarini himoya qilish va ko‘tarilayotgan muammolarga amaliy yechim topishda hamjihatlikni kuchaytirish.
Hamkorlik — muloqotdan amaliy natijaga!