35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilmoqda
янв.21
Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
TIBBIYOT MUASSASALARIDA PULLI XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
"Do'stlik" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
MUSTAQILLIK VA SPORT: YUTUQLAR VA ISTIQBOLLAR
🔰Yangioboddagi ichki yo‘lni ta’mirlash masalasi deputatlik so‘rovi asosida ko‘tarildi

🔰Yangioboddagi ichki yo‘lni ta’mirlash masalasi deputatlik so‘rovi asosida ko‘tarildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova tomonidan saylov okrugi hududidagi aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalasiga e’tibor qaratildi.
✔️Jondor tumani Romish mahallasi Yangiobod qishlog‘idagi “Yangiobod” temir yo‘l stansiyasiga olib boruvchi ichki yo‘lning holati o‘rganilib, mazkur yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzaga kelgan.
✔️Shu munosabat bilan deputat R. Bozorova tomonidan ushbu ichki yo‘lni ta’mirlash masalasini hal etish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari X. Bafoyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✔️Deputatlik so‘rovida aholi va yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, yo‘lning mavjud holatini yaxshilash hamda uni ta’mirlash ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
✔️Mazkur tashabbus aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning murojaatlarini amalda hal etish va hudud obodligini ta’minlashga qaratilgan.
✔️Deputat R. Bozorova tomonidan ushbu masalaning ijrosi nazoratga olinib, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 2