Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida navbatdagi fuqoralar qabuli o‘tkazildi.
Unda xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamkorligida fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar davomida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy reyestrga kiritish, shuningdek, uy-joylarni hujjatlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar berildi.
Jumladan, uy-joylarni hujjatlashtirish masalasida fuqarolarga ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilishi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida tinglash, ularni qonuniy asosda hal etish va aholining muammolariga amaliy yechim topish Kengash deputatlarining doimiy e’tiborida.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram