35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR — KELAJAGIMIZ!
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kunlaridan boshlab ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi saylov okruglarida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi
Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti Dilmurod Xashimov tomonidan Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish jarayonida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

📨 “kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali ish yuritish holati ham ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan 64 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 19 tasiga javob olingan, 41 tasi jarayonda, 4 tasiga esa belgilangan muddatdan kechikib javob berilgan. Shuningdek, 73 ta chiquvchi xat rasmiylashtirilgan. edo.ijro.uz platformasi orqali ijro uchun 67 ta hujjat kelib tushgan.

🔎 O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-836-IV va KQ-710-IV-son qarorlari talablari ijrosi, Kengashda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, xorijiy mamlakatlarga chiqish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi nizom hamda Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi ham tahlil qilindi.

⚠️ Tahlil davomida tasdiqlangan ish rejasidagi 1 ta masala belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmagani qayd etildi. Shuningdek, doimiy komissiyalarga normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini hududlarga chiqqan holda tizimli o‘rganish va natijalarini muhokamaga olib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔺 Kengash faoliyatining ochiqligi va jamoatchilikka yoritilishi ham o‘rganildi. Xususan, 2026-yil avgust oyida 317 ta post ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bo‘lib, deputatlarning saylov okruglaridagi o‘rganishlari, deputatlik nazorati va erishilgan amaliy natijalarni yanada keng yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔎 Shu bilan birga, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganish va nazorat tadbirlarini muntazam olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida o‘rganish, biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Yakunda Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, deputatlar faolligi va deputatlik nazorati ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish, elektron ish yuritish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3