Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Artikov Davron Omarbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov va “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Naymanko‘l OFY hududidagi 15-sonli maktabning rekonstruksiya ishlarini nazorat qilish ishlarini boshladi.
Dastlab mas’ullar bilan suhbatlashildi, loyiha hujjatlari bilan tanishildi. Qurilish-ta’mirlash jarayonlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.