KUNLIK ISH REJASI: NAZORAT VA AMALIY FAOLIYAT
Bugun, 9-sentabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning shaxsiy kunlik ish rejasi asosida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.
🔹 Kun davomida E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaat va xatlar ko‘rib chiqiladi, xodimlar faoliyati muvofiqlashtiriladi hamda belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinadi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishida ishtirok etish
Aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanadi.