35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR — KELAJAGIMIZ!
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kunlaridan boshlab ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi saylov okruglarida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi
“Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Ahil” mahallasidagi qurilish masalasi yuzasidan Toshkent shahar prokuroriga deputatlik so‘rovi yuborildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimov tomonidan Olmazor tumani “Ahil” mahallasi, Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi 71-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan Toshkent shahar prokurori A.A. Urmanov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Olmazor tumani 10-“Chuqursoy” saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar hamda “Ahil” mahallasi raisi, faollari va fuqarolardan kelib tushgan jamoaviy murojaat asosida tayyorlandi. Murojaatda Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi hududida 8 ta kottej qurilishi olib borilayotgani va ushbu qurilish bilan bog‘liq qator e’tirozlar bildirilgan.

🏗 Fuqarolarning ma’lum qilishicha, qurilish ishlari 2026-yil 6-iyundan boshlangan bo‘lib, qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlarining tegishli tartibdagi roziligi to‘liq olinmagan. Shuningdek, qurilayotgan obyekt derazalarining qo‘shni yer uchastkalariga qarashi, qurilishning avval rejalashtirilgan yo‘l o‘rnida, umumiy foydalanishdagi hududga tutash joyda amalga oshirilayotgani hamda qo‘shni yer uchastkalaridan foydalanishga ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan e’tirozlar qayd etilgan.

⚠️ Mazkur holat bo‘yicha fuqarolar avval ham mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan. Xususan, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2026-yil 7-iyuldagi 08/05-/1406-sonli xulosasida Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi 71-uydagi obyekt Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qarori talablari asosida “o‘zboshimchalik bilan qurilgan” deb ko‘rsatilgan va qurilishni 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartaraf etish lozimligi bildirilgan.

🔺 Biroq fuqarolarning 2026-yil 21-avgustdagi murojaatida mazkur xulosa va ko‘rsatmaga qaramasdan, qurilish ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Saidmurod Ibragimov Toshkent shahar prokurori A.A. Urmanovdan mazkur manzilda olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligini o‘rganish, obyekt bo‘yicha zarur ruxsat beruvchi hujjatlar, loyiha hujjatlari va tegishli kelishuvlar mavjudligini aniqlashni so‘radi.

⚖️ Shuningdek, qurilish ishlarining qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlarining huquq va qonuniy manfaatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligiga huquqiy baho berish, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining avvalgi xulosasida belgilangan 15 kunlik talab nima sababdan bajarilmaganini o‘rganish va qonunchilikda belgilangan tegishli choralarni ko‘rish masalalari qo‘yilgan.

📋 Toshkent shahar prokurori A.A. Urmanovdan deputatlik so‘rovi bo‘yicha o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar yuzasidan 10 kun muddatda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qurilish va shaharsozlik talablariga qat’iy rioya etilishi hamda vakolatli organlar tomonidan berilgan xulosa va ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1