35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati: Haftalik ish rejalari belgilab olindi
янв.21
12-MAKTABDA ILK QO‘NG‘IROQ CHALINDI
янв.21
Yangi o'quv yili nishonlandi
янв.21
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — ULKAN ORZULAR SARI ILK QADAM!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI, TUMAN HOKIMI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI O‘.RAJABOV 11-MAKTABDA "MUSTAQILLIK DARSI"NI O‘TIB BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
"24 ta tavsiya" ijrosi amalda: Uzun tumanidagi Malandiyon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi va kotibiyat xodimiga amaliy vazifalar belgilandi.
Haftalik ish-reja

2-sentyabr – 5-sentyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

🔹 02.09.2026 —  1.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi bilan birgalikda “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugida yangi qurilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi kundagi holatini o‘rganadi.

2.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugida Yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rganadi.

3.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich yuborilgan deputat so‘rovi natijalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 03.09.2026 — 1.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugida aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganadi.

2.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganadi.
 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 04.09.2026 — 1.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

2.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tumandagi investitsiyalarning bugungi kundagi holatini o‘rganadi.
 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 05.09.2026 — 1.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holatini o‘rganadi.

2.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich hududdagi kutubxona holatini o‘rganadi.

3.) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Medetova Asiya Nizamatdinovna “Xalqlar do‘stligi” MFY 18-Qurilishchi saylov okrugida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatini o‘rganadi.
  Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov