Termiz shahridagi 26 ta maktabda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov hamda Kengash depututati S.Xodjayevalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ullar o‘quvchi va pedagoglarni mamlakatimiz mustaqilligining 35-yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etib, Prezidentimizning “Bilimlar kuni” munosabati bilan mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida boshlangan yangi o‘quv yili o‘quvchilar hayotida yangi sahifani ochdi.