Shuningdek, o‘quvchilarga bepul beriladigan dori-darmonlarning mavjudligi, ularning saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddati va belgilangan tartibda foydalanilishi o‘rganildi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish ishlari ham ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda ularning salomatligini muhofaza qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.