Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonjon Shokirov Andijon shahridagi 17-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarga yangi o‘quv yilida omad va muvaffaqiyatlar tilaklari bildirildi.
Yangi o‘quv yili barchaga yangi bilim, ulkan marralar va yorqin natijalar olib kelsin!