Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholini tibbiy qo‘llab-quvvatlash: Poliklinikada bepul dorilar tarqatilishi nazorat qilindi
янв.21
Murojaat va o‘rganish: Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatlanish ratsioni nazorat qilindi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Yangi yo'l MFYda tomorqadan unumli foydalanish amalda!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
янв.21
Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala dastlabki bosqichda atroflicha o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Yoshlar maslahat guruhi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Profilaktika inspektori faoliyati va hudud xavfsizligi deputat e’borida
янв.21
«Chaqar» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
#okrugda_o'rganish #sessiya 43-MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

#okrugda_o'rganish #sessiya 43-MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.
🔎 Mazkur yo‘nalishlar doirasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan 43-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari, moddiy-texnik baza, sanitariya-obodonlashtirish holati hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar!
Sifatli ta’lim uchun munosib sharoit yaratish — doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 3