Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan 7-Obod saylov okrugi, Obod MFY Yosh avlod ko‘chasida ko‘cha boshi I.Beknazarov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Mustaqillik mahallasi Ma’rifat ko‘chasida oqar suv ichki tarmog‘i yangilanayotgani, shuningdek, Obod mahallasi Yangi avlod ko‘chasida ichki lotoklarni oqar suv tarmog‘iga ulash masalasida amaliy yordam zarurligi bildirildi.
Mazkur masalalarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganish va muammoni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.