Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan Mustaqillik mahallasi Ma’rifat ko‘chasi ko‘cha boshlig‘i J.Xolboyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ko‘chalarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani, buning natijasida hududning sanitariya holati yomonlashib, atrof-muhit ifloslanayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.
Mazkur muammo tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganilib, chiqindilarni belgilangan grafik asosida muntazam olib chiqib ketish choralarini ko‘rish belgilandi.