35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR — KELAJAGIMIZ!
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kunlaridan boshlab ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi saylov okruglarida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Hakimova Inobat hamda Tillaxodjayev Bunyodlar ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab Joriy yilning 1-yarim yilligida Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda Joriy yilning 2-choragida Toshkent shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari Alikariev Murodulla Sa’dullaevich hamda Narzullaev Shavkat Voxitovichlarning hisobotlari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

📝 Kun tartibiga kiritilgan keyingi masala Toshkent shahrida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Alimov Elmurod Erkinovichning hisoboti komissiya a'zolari tomonidan eshitilib atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda 2026 yil 1-yarim yilligida inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili Masharipov Baxtiyor Reimbergenovichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi.

📉 Kun tartibidagi so‘nggi “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida 2026 yil 2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – Raqamli rivojlanish departamenti rahbari – Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevich hisobot berdi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan mazkur masala atroflicha o‘rganildi hamda deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib sessiya kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10