35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yili nishonlandi
янв.21
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — ULKAN ORZULAR SARI ILK QADAM!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI DEPUTATI, TUMAN HOKIMI BIRINCHI QO‘NG‘IROQ TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI O‘.RAJABOV 11-MAKTABDA "MUSTAQILLIK DARSI"NI O‘TIB BERDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi
янв.21
"24 ta tavsiya" ijrosi amalda: Uzun tumanidagi Malandiyon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi va kotibiyat xodimiga amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Yoshlar ovozi va amaliy nazorat: Uzun tuman Kengashida yoshlar maslahat guruhi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik ma’suliyati: Odob-axloq va halollik – bosh mezon
янв.21
Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer va binolarga huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida ​ Oʻzbekiston Respublikasining № OʻRQ-957-sonli Qonuni (05.08.2024-yil) fuqarolarning mulk huquqlarini qonuniy va soddalashtirilgan tartibda eʼtirof etishga qaratilgan.
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-sonli “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Termiz shahar Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari v.b. Z.Xasanovning 2026-yilning birinchi yarim yilligida aholi murojaatlari va ularning muammolari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, 2026-yil 1-iyul holatiga Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga Termiz shahri fuqarolaridan jami 4 037 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 238 taga yoki 6 foizga ko‘p bo‘lib, bu aholi tomonidan o‘z muammolarini hal etishda murojaat qilish faolligi ortayotganini ko‘rsatadi.
Murojaatlarning 46,9 foizi ijobiy hal etilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Termiz shahri viloyat miqyosida 13-o‘rinni egallagan.
Murojaatchilar tarkibi ham tahlil qilindi
Hisobot davrida jami 2 650 nafar fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, shundan:
1 610 nafari — xotin-qizlar;
1 040 nafari — erkaklar;
658 nafari — 31 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar.
Shuningdek, murojaatlarning takroriyligi ham alohida tahlil qilindi. Jumladan, 264 nafar fuqaro 3 martadan 10 martagacha, 6 nafar fuqaro esa 11 martadan 41 martagacha takroriy murojaat qilgan.
Bu esa ayrim masalalar fuqarolar tomonidan bir necha bor ko‘tarilayotganini va ularni tizimli ravishda o‘rganib, muammoning tub sabablarini bartaraf etish zarurligini ko‘rsatadi.
Tashkilotlar kesimida murojaatlar ijrosi
Yig‘ilishda 2026-yil yanvar–iyun oylarida Termiz shahridagi tashkilot va idoralarga kelib tushgan murojaatlar ijrosi ham batafsil ko‘rib chiqildi.
Hisobot davrida jami 2 668 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 369 tasi ko‘rib chiqilgan.
Ularning:
1 096 tasi yoki 46 foizi — ijobiy hal etilgan;
966 tasi — huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan;
240 tasi — rad etilgan;
39 tasiga — tegishli tushuntirish berilgan;
5 tasi — uzoq muddatli nazoratga olingan;
9 tasi — tugatilgan;
12 tasi — ko‘rmasdan qoldirilgan;
299 tasi — hozirda ko‘rib chiqish jarayonida qolmoqda.
Tashkilotlar faoliyatiga baho berildi
Doimiy komissiyalar tomonidan murojaatlar bilan ishlash holati tashkilotlar kesimida ham tahlil qilindi.
Jumladan, Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda boshqa tashkilotlarda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga javob berish va muammolarni ijobiy hal etish darajasi turlicha ekanligi qayd etildi.
Komissiya a’zolari tomonidan murojaatlarni shunchaki ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasdan, fuqaroni qiynayotgan muammoning asl sababini aniqlash, murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy asosda hal etish, takroriy murojaatlarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Aholi bilan ochiq va samarali muloqot — muammolarni barvaqt aniqlashning muhim vositasi
Yig‘ilish davomida fuqarolarning murojaatlari davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining muhim ko‘rsatkichi ekani, har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning kundalik hayoti va qonuniy manfaatlari turgani alohida qayd etildi.
Shu bois murojaatlar bilan ishlashda tezkorlik, qonuniylik, ochiqlik va natijadorlik tamoyillariga qat’iy amal qilish, fuqarolarga berilayotgan javoblarning mazmuni va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi bildirildi.
Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborot atroflicha muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar bildirildi.
Shuningdek, mazkur hisobotni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — murojaatlar sonini kamaytirish emas, balki fuqarolarni murojaat qilishga majbur qilayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishdir.

Slide 1 of 2