📝 Uchrashuv davomida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-350, 22.04.2013)ning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Xususan, fuqarolar yigʻinlarining vakolatlari, mahallani rivojlantirishdagi oʻrni, jamoatchilik ishtiroki hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid huquq va majburiyatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🤝 Muloqot davomida mahalla aholisini qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.