Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Tojiqulov hamda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatov ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan Zomin tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi faoliyati, bemorlarga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam sifati, bo‘limning moddiy-texnik ta'minoti, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish holati hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha bildirilgan takliflar va aniqlangan kamchiliklar doimiy komissiya hamda navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladi.