Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilma va boshqa dolzarb
masalalar muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Deputat tomonidan aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biri ekani ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning fikr va takliflarini inobatga olgan holda hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.