#deputatlik_nazorati_Uchtepa #muammoga_yechimlar
DEPUTAT MUROJAATI IJROSI TA’MINLANIB, HUDUD OBODONLASHTIRILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 24-Shirin saylov okrugi deputati Shahnoza Mustafayeva tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan 26-mavzening 18-ko‘p qavatli uyi hududida tegishli ishlar amalga oshirildi.
✅ Hududga mas’ul “Yangi Hayot Uchtepa 22” BSK tomonidan obodonlashtirish va tozalik ishlari olib borilib, qurigan daraxt shoxlari yig‘ishtirildi, tutash hududdagi ariqlar tozalandi hamda atrof-muhit tartibga keltirildi.
🕯 Fuqarolar murojaati asosida boshlangan mazkur ishlar natijasida hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yaxshilandi.