Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi U.Xaydarov tomonidan “Amir temur” MFY, X. Do‘stligi ko‘chasi 2/2-uyning fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash, tom qismini va kirish yo‘laklarini ta’mirlash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joy binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirilib, fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash, tom qismini ta’mirlash hamda kirish yo‘laklarini obodonlashtirish ishlari qay darajada amalga oshirilayotgani o‘rganildi.
⬇Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borayotgan quruvchi bilan suhbatlashilib, bajarilayotgan ishlarning borishi, mavjud muammolar va ishlarni yakunlash muddatlari yuzasidan ma’lumotlar olindi. Quruvchiga ishlarni sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirish, fasad va tom qismlaridagi ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash hamda kirish yo‘laklarini aholiga qulay holatga keltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⬇Bundan tashqari, uyga tutash hududlarni obodonlashtirish, hududni qurilish chiqindilaridan tozalash, mavjud yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini sifatli yakunlash hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur ishlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.