Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Toshkent tumanida Chiqindilar muammosi bartaraf qilinadimi?

Toshkent tumanidagi maishiy chiqindilar muammosi bilan bogʻliq boʻlganligi sababli, bugun, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi kotibiyati tomonidan Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida doimiy komissiya yigʻilishi oʻtkazildi. "Zangiota Obodon" MCHJ va "Toza hudud" DUK rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Kun tartibida aholining noroziligi va chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilmasligi masalasi muhokama qilindi.

Yigʻilish davomida, ayni kunlarda "Zangiota Obodon" MCHJ bilan bitim bekor qilinganligi va vaqtinchalik ushbu masala bilan Toshkent viloyati "Toza hudud" DUK shugʻullanishi maʼlum qilinib, biling tizimi, yaʼni chiqindi masalasi mart oyiga qadar elektr taʼminoti bilan bogʻliq boʻlmasligi bildirildi.

Shuningdek, deputatlar va "Toza hudud" DUK oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, Toshkent tumanida maishiy chiqindilar masalasi 6 kun ichida hal qilinishiga va keyinchalik aniq reja-grafik asosida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketilishi tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda ish yuritilishiga kelishib olindi.

Shu bilan birga, 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab maishiy chiqindilarni olib ketish uchun toʻlanadigan toʻlov, nafaqat Toshkent tumani uchun kishi boshiga 7840 soʻm miqdorida belgilanganligi, balki Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga asosan, viloyat boʻyicha bir xil narx-navo belgilanganligi aniqlandi.

Bir soʻz bilan aytganda, doimiy komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan berilgan vaʼda oʻz vaqtida bajarilmasa, sessiya qarori bilan tegishli ijrochilarga zaruriy choralar koʻrilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1