35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish uchun tuman Hududgaz ta'minot tuman filiali raxbari hamda Suvoqova tuman filiali rahbarlariga so'z navbati berildi.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR TARBIYASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
NAVRO'Z MAHALLASIDA MAHALLA "YETTILIK" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Uzun tumanida deputatlar tashabbusi bilan ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
"MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan kotibiyat hamkorligi
янв.21
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 19-sessiyasi o‘z ishini yakunladi.
янв.21
Mahalla faoliyati — “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tahlil qilindi
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Kengash tavsiyasiga muvofiq budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Pastdarg‘om tumanida 2026-yilning ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha mahalliy budjet daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘larning qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularning yo‘naltirilish asoslari hamda maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mablag‘larni taqsimlashda ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini moliyalashtirish, shuningdek ajratilgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.