35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Limonchilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.SHerov o‘z saylov okrugida limonchilikni yanada rivojlantirish, sohaga investitsiya va moliyaviy ko‘makni kengaytirish masalalari yuzasidan viloyat Turon bank rahbari hamda tegishli mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👉Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlar tomonidan limonchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sohani qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, imtiyozli kreditlar ajratish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
👉Deputat mazkur yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va saylovchilar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Slide 1 of 3