35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati muhokama qilindi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O. Sherov hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⚡️Yig‘ilishda tumanda 2026-yilning 6 oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovning hisoboti atroflicha muhokama qilindi. Hisobotda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berildi.
⚡️Muhokamalar yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini yanada oshirish, mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijro etish bo‘yicha tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 3