35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (22.04.2013 yildagi O‘RQ-350-son)
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi: Uzun tumanida yosh rassomlar ko'rik-tanlovi o'tkazildi!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan tuman miqyosidagi tashkilot va muassasalarda navbatdagi amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi
янв.21
30 IYUL — XALQLAR DO‘STLIGI KUNI
янв.21
Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash – ta’limdagi teng imkoniyatlar kafolati
Mustaqillik bayrami arafasida Uchtepada davlat idoralari hamjihatligi namoyon bo‘ldi

#Mustaqillik35 #Uzb35

🇺🇿 Mustaqillik bayrami arafasida Uchtepada davlat idoralari hamjihatligi namoyon bo‘ldi

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” bosh g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tantanali tadbirlar doirasida Uchtepa tumanida ham keng qamrovli tadbir tashkil etildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov ishtirok etgan mazkur tadbir xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi, Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

📝 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori To‘rabek To‘rayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman Kengashi deputatlari, Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Baxramov, Uchtepa tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Laziz Nasirov, ichki ishlar organlari mas’ullari hamda soliq xizmati xodimlari ishtirok etdi.

📁 Tadbir davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, soliq intizomini kuchaytirish hamda davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash masalalari alohida ta’kidlandi.

🗣 So‘zga chiqqanlar Mustaqillikning 35 yilligi nafaqat tarixiy sana, balki davlat idoralari, mahallalar va jamoatchilikning hamjihatligini yanada mustahkamlash, Vatanga sadoqat, qonun ustuvorligi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishda muhim omil ekanini qayd etdilar.

💡 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov o‘z so‘zida mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash, davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

🏅 Tadbirning tantanali qismida xizmat vazifalarini sidqidildan ado etib, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan profilaktika inspektorlari hamda soliq organlari xodimlari munosib e’tirof etildi.

🔺 Xususan, Soliq qo‘mitasi raisi nomidan 10 nafar fidoyi soliq xodimiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari, shuningdek, bir guruh profilaktika inspektorlari hamda soliq organlari xodimlariga xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining tashakkurnomalari va e’tiroflari tantanali ravishda topshirildi.

🌟 Ta’kidlanganidek, bunday e’tiroflar davlat xizmatida halol va fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, ularning mas’uliyatini yanada oshirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, mahallalar tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilishga undovchi muhim omil hisoblanadi.

📉 Tadbir yakunida davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mahallalarda qonuniylik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda Mustaqillik bayramining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7