Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#96_qonun_nazorati
янв.21
Kelajak rahbarlari amaliyotda: Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tumandagi tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: YOSHLAR TARBIYASI VA XAVFSIZLIGI DIQQAT
янв.21
“Tolto‘g‘ay” MFYdagi muammolar nazoratga olindi
янв.21
Deputat vakolatidan foydalandi: Tuman Kengashi deputati T.Ashurova mutasaddilarga so‘rov yubordi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi qonun hujjatlari
янв.21
EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
янв.21
Kengash raisi yosh bilimdonlarni qutladi: Uzun tumanida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Kitobxon tuman – ma’rifatli kelajak poydevori!
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar
Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida hokim o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2024-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni Bulung‘ur tumanida o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan harakatlar rejasining ijrosi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosarlarining hisoboti.

2) 2024-yilda Bulung‘ur tumanida energiya tejash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ijrosi to‘g‘risida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Samarqand viloyat filiali  Bulung‘ur tuman Energosavdo bo‘limi boshlig‘i N.Parmanov hamda “Hududgazta’minot” AJ Samarqand filiali Bulung‘ur tuman gaz bo‘limi boshlig‘i A.Xabibxonovlarning hisoboti.

3) Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlarning muhokamasi to‘g‘risida.

4) Bulung‘ur tumanining 2025-yilgi mahalliy budjeti loyihasining muhokamasi to‘g‘risida.

5) Bulung‘ur tumanida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni daftardan chiqarish to‘g‘risida.

6) Tumanda  2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.

 Kun tartibida ko‘rilgan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 3