Kotibiyat xodimi tomonidan ijtimoiy xodim faoliyati joyida oʻrganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan Uzun tumanidagi “Yangi kuch” MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash tizimi, murojaatlarni qabul qilish va ularning ijrosini taʼminlash, ehtiyojmand oilalarga koʻrsatilayotgan amaliy yordam hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar hamda tegishli tavsiyalar bildirildi