35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun muhim imkoniyat!
янв.21
Kengash raisi deputat sifatida “O‘zbekiston” mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi “O'zbekiston” mahallasida deputat sifatida aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI
янв.21
Deputat kim va u nimalar bilan shug‘ullanadi?"
янв.21
Deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Davlat xaridlari – shaffoflik va samaradorlik kafolati
янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytirilmoqda.
янв.21
YOSHLAR — YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI!
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Zilol" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari hamda joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida A.T.Xudoyqundiy mavzesi 50-uy, 16-xonadonda yashovchi fuqaro Matqosimova Ergashoy tomonidan yashash xonadonini ta’mirlash yuzasidan murojaat bildirildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz ona ekani hamda 2 nafar voyaga yetmagan farzandi va nogiron onasi bilan yashayotgani, mavjud uy-joy sharoiti esa ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasini amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish, ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar va ularni bajarish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2