35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Qurilishlarda ekologik nazorat: Shahardagi qurilish obyektlarida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar deputatlar va ekopolitsiya tomonidan tahlil qilindi!
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-"Surxon sohili" saylov okrugi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Raxmatullayev, 12-"Saxovat" saylov okrugi deputati, komissiya a’zosi X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov bilan hamkorlikda shahardagi qurilish obyektlarida tizimli o‘rganish ishlarini olib bordilar.

💬Ushbu o‘rganishlar davomida qurilish obyektlari faoliyati tegishli qonun talablari ijrosi kesimida atroflicha tahlil qilindi.

💬O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” 754-XII-sonli Qonuni talablari doirasida:

🟢Qurilish maydonchalarida yuzaga keladigan qurilish va maishiy chiqindilarning belgilangan tartibda utilizatsiya qilinishi;
🟢Obyektlar atrofidagi mavjud yashil hududlar, daraxtlar va butalarning qurilish texnikalari ta’sirida shikastlanishi yoki noqonuniy kesilishining oldini olish choralari o‘rganildi.

💬O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida” 353-I-sonli Qonuni talablari doirasida:

🟢Qurilish materiallarini (qum, sement, shag‘al) tashish va saqlashda chang-to‘zon ko‘tarilishini kamaytirish uchun maxsus yopqichlar (brezentlar)dan foydalanish holati;
🟢Qurilish maydonchalarini muntazam ravishda suv sepib namlab turish hamda atmosfera havosining ortiqcha ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik qoidalariga rioya etilishi tahlil qilindi.

💬O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida” O‘RQ-363-sonli Qonuni talablari doirasida:

🟢Pudratchi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlarini boshlashdan avval majburiy hisoblangan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining mavjudligi;
🟢Obyektlarda shovqin-suron va tebranish me’yorlariga amal qilinishi hamda energiya va suv resurslaridan oqilona foydalanish tizimi ko‘rib chiqildi.

💬Mas’ullar tomonidan qurilish obyektlaridagi ekologik muammolar tahlil qilinganda, ba’zi maydonchalarda chang bostirish choralari yetarli darajada ko‘rilmaganligi, qurilish chiqindilarini tartibsiz to‘plab qo‘yish hamda energiya sarfini optimallashtirish bilan bog‘liq bir qator kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu holatlar bevosita yaqin atrofdagi mahallalarda yashovchi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

💬"Shahrimiz kundan-kunga chiroy ochib, yangi binolar qad rostlamoqda. Biroq har bir quruvchi va pudratchi tabiat qonunlariga ham, davlat qonunlariga ham qat'iy bo'ysunishi shart. Qurilishlardan ko‘tarilayotgan chang-to‘zon aholi salomatligiga, ayniqsa, bolalarimiz sog‘lig‘iga xavf solmoqda. Ekopolitsiya bilan hamkorlikda barcha ob’ektlarda ekologik tozalik va xavfsizlik ta’minlanmaguniga qadar reyd hamda nazorat tadbirlarini davom ettiramiz," — dedi komissiya raisi B.Raxmatullayev.

🫥O‘rganish yakunida ekologik qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan qurilish tashkilotlariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar Ekopolitsiya bo‘limi tomonidan qat’iy ogohlantirishlar berildi. 
Slide 1 of 5