35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari – xalq deputatlari Kengashlarining konstitutsiyaviy maqomi, faoliyatini tashkil etish hamda ularning rahbarlariga oid muhim normalarni belgilaydi.

Mazkur moddaga ko‘ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanadi. Ular hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetni tasdiqlash va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, hududdagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish hamda fuqarolar manfaatlarini ifoda etishda muhim o‘rin tutadi.

Konstitutsiyaga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunda belgilangan tartibda saylanadigan rais boshchilik qiladi.

 Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilgan muhim demokratik yangiliklardan biri sifatida viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi belgilangan. Mazkur norma mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini o‘zaro muvozanatlash, Kengashlarning mustaqilligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🗳 Konstitutsiyada xalq deputatlari Kengashlari besh yil muddatga saylanishi belgilangan. Shu bilan birga, ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman yoki shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. Bu norma rahbarlik lavozimlarida ochiqlik, yangilanish va samarali boshqaruv tamoyillarini ta'minlashga qaratilgan.

Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlari deputatlarini saylash tartibi hamda Kengashlar faoliyatini tashkil etish masalalari alohida qonunlar bilan tartibga solinadi. Yangidan tashkil etilgan ma'muriy-hududiy birliklarda esa xalq deputatlari Kengashlariga saylov navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan muddatdan oshmaydigan davr uchun o‘tkaziladi.

Konstitutsiyaning 120-moddasi mahalliy vakillik hokimiyati organlarining huquqiy maqomini belgilab, ularning mustaqil, ochiq va samarali faoliyat yuritishi hamda hudud aholisining manfaatlarini ifoda etishiga xizmat qiluvchi muhim konstitutsiyaviy asos hisoblanadi.