Deputat faoliyati — amalda: Uzun tumanidagi maktablar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlarining faoliyati faqatgina sessiyalarda qaror qabul qilishdan iborat emas. Ularning asosiy vazifasi — xalq ichiga kirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularga yechim topishdir.
Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalaridagi haqiqiy ahvolni ko‘zdan kechirish maqsadida tumanda jiddiy o‘rganishlar boshlandi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizdagi umumta’lim maktablarida bo‘lishdi.