Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
янв.21
Deputat maktabda: "Kelajak soati" darslari e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish-rejasi
янв.21
UZUN TUMANIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH MASALALARI MASOFAVIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati: "Xatib qahramon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi vakillari Do‘stlik mahallasida o‘rganishlar olib bordi
янв.21
Deputat okrugida o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Deputatlar maktablardagi sport sharoitlarini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Deputat A.Bakiyev va kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva xonadonlarda: Amaliy muloqot va natijadorlik tahlili
янв.21
Uzun tumanida islohotlar natijadorligi: "Erkinlik" mahallasi misolida
#Munosabat

Ta’lim har qanday jamiyatning asosi bo‘lib, uning barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda nogironligi bor bolalarni ta’limga jalb qilish borasida Davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar inklyuziv jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. 

Davlat rahbarining ushbu tashabbusi nogironligi bor bolalarni ta’lim jarayoniga to‘liq jalb qilish va ularning ta’limga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Bu borada rivojlangan davlatlar, xususan, Shvesiya va Finlyandiyaning inklyuziv ta’lim konsepsiyasini o‘rganish muhimdir. Bu mamlakatlar nogironligi bor bolalarga individual yondoshuv orqali ularning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib kelmoqda. O‘zbekiston ham bu tajribadan o‘rnak olib, quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali samarali natijaga erishishishi mumkin.

Birinchidan, individual ta’lim rejalarini ishlab chiqish. Har bir nogironligi bor bolaning ehtiyojlariga mos ta’lim rejasini shakllantirish muhim. Bu bolalarning o‘quv jarayonida to‘liq qatnashishiga yordam beradi.

Ikkinchidan, xususiy sektorni jalb qilish. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektor ishtirokini oshirish samarali bo‘lishi mumkin. Bunda Daniyaning Specialisterne, Lego Foundation va Buyuk Britaniyaning Pearson kabi xalqaro kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish ahamiyatlidir.

Uchinchidan, innovasion texnologiyalar va o‘quv materiallari bilan ta’minlash. Nogironligi bor bolalar uchun maxsus kitoblar, ovozli o‘quv materiallari, interaktiv ta’lim metodikalari va texnik vositalarni joriy etish zarur.

To‘rtinchidan, maxsus tayyorgarlikka ega kadrlarni tayyorlash. O‘qituvchilar, psixologlar va terapevtlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish nogironligi bor bolalarga yuqori sifatli ta’lim berish imkonini beradi.

Beshinchidan, infratuzilmani yaxshilash. Maktablar va ta’lim muassasalarini nogironlar ehtiyojlariga moslashtirish, ular uchun qulay shart-sharoit yaratish kerak.  

Bu vazifalarni amalga oshirish uchun davlat va xususiy sektor o‘rtasida samarali hamkorlik zarur. Natijada nogironligi bor bolalarning ta’limga jalb qilinishi nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ham hissa qo‘shadi.

Dilnur A’zamov,

Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 1