Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Vakolat va mas’uliyat

Ma’lumki, yurtimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan davlat va mahalliy dasturlar, shuningdek, investitsiya loyihalari hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Natijada olis-olis manzillarimiz obod bo‘lyapti, odamlar islohotlar samarasini o‘zlarining kundan kunga yaxshilanib borayotgan turmushlari misolida ko‘rib, bilib turibdi.

Dasturlar ijrosi, aholi turmush farovonligi uchun muammolar yechimiga takliflar bildirish, murojaatlarni tinglash — bularning barchasi mahalliy Kengashlar zimmasidagi mas’uliyat sanaladi. Shu ma’noda, Xalq demokratik partiyasi yangi saylangan deputatlarning bilim va ko‘nikmalarini boyitish, faoliyat samaradorligini ta’minlashga qaratilgan seminarlar tashkil qilmoqda.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘quvda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, partiya faollari hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Seminarda ta’kidlandiki, mahalliy Kengashlar deputatlari o‘zlarining hududida qanday dasturlar hayotga tatbiq etilayotgani, ular qanday samara berayotgani, ijrosi kabi masalalarda hamisha ogoh bo‘lishi kerak. Muammolardan ham bevosita xabardor bo‘lishi talab etiladi.

Shunday ekan, bu o‘rinda mahalliy Kengashlar deputatlari kuchidan foydalanish eng to‘g‘ri va samarali yo‘ldir. Joylarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari ijrosi nazorati bo‘yicha ham shu tajribani qo‘llash esa samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Partiya Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova boshchiligidagi ishchi guruh trening ishtirokchilariga shu va boshqa masalalarda tushuntirishlar berdi. Partiya tomonidan tayyorlangan qo‘llanmalar tarqatildi. 

Slide 1 of 5