Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga koʻra, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining doimiy komissiyalar tarkiblari tasdiqlandi. Ish yuritish yoʻriqnomasi, kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom ham oʻz tasdigʻini topdi. 

Shuningdek, viloyat hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga nomzod N. Normirzayevaning 2025-yilda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish va oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni moddiy qoʻllab-quvatlash hamda ishsiz ayollarni bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan maqsadli chora-tadbirlar dasturi taqdim qilindi. 

Unda tomorqachilik boʻyicha 1000 ta ilgʻor xonadonga daromadi kam boʻlgan 3 200 ta xonadonlarni biriktirish orqali ularning daromadini oshirish, migratsiyada boʻlgan kam daromadli xotin-qizlarni Vatanga qaytarish va daromadli ishga jalb qilish, biznesni kengaytirish istagidagi 1 296 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va bu orqali yangi ish oʻrni yaratish, shuningdek, birgina ipakchilik sohasida 90 mingdan ortiq xotin-qizlarning bandligini taʼminlash reja qilingan. 

Sessiya yakunida taqdimotda belgilangan chora-tadbirlarni saylangan okruglarida bajarilishida amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etildi. 

Slide 1 of 6