35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi raisi va deputat D.Yodgorova “Guliston” MFYda infratuzilma loyihalari bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi D.Safarova va deputat D.Yodgorova hamda O'.Rajabovlar aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holatini oʻrgandi
янв.21
XALQ DEPUTATI VA TUMAN HOKIMI MULOQOTDA: GULISTON MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Kengash raisi va deputatlar 72-sonli oilaviy poliklinikadagi sharoitlarni o‘rgandilar
янв.21
Kengash raisi deputat sifatida "Agrobank"da qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Konstitutsiya — mahalliy Kengashlar vakolatlarining huquqiy asosi
янв.21
DAVLAT MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI VA SAMARALI FOYDALANISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM KAFOLATI
янв.21
DAVLAT MABLAG‘LARIDAN MAQSADLI VA SAMARALI FOYDALANISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM KAFOLATI
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallalar obodligi va hududlar rivojini ko‘zdan kechirishdi
янв.21
"ELEKTRON HUKUMAT TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILADI
URGANCH TUMANIDA YIRIK LOYIHA: 35 GEKTARLIK «EKO-TURIZM» ZONASI TASHKIL ETILMOQDA

✅ Urganch tumanini kompleks rivojlantirish dasturi doirasida hudud turizmi yangi bosqichga olib chiqilmoqda. Xususan, Komiljon Otaniyozov mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi daryo bo‘yidagi 35 gektar maydonda zamonaviy «Eko-turizm» zonasi barpo etilyapti.

🏅Bugun Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotbiyati mudiri U.Kuryazov hamda Urganch tumani Kengashi kotbiyati mudiri D.Iskandarovalar mazkur yirik loyihaning borishi va qurilish-obodonlashtirish jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

🔍 Loyiha doirasida nimalar kutilmoqda?

🌳 Yashil hududlar va dam olish maskanlari: Daryo bo‘yining tabiiy go‘zalligi saqlangan holda, aholi va sayyohlar uchun qulay eko-muhit yaratiladi.

🏕 Zamonaviy infratuzilma: Kempinglar, suv bo‘yidagi piyodalar yo‘laklari va milliy uslubdagi hordiq chiqarish maskanlari quriladi.

💼 Yangi ish o‘rinlari: Loyiha ishga tushishi bilan mahalliy aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar uchun o‘nlab yangi doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.

⚠️ Muhim talab: Kengash kotbiyati mudirlari tomonidan loyihaning sifatli va o'z vaqtida bajarilishi, eng muhimi — hududning tabiiy eko-tizimiga zarar yetkazmagan holda ish tashkil qilinishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

✅ Bu kabi loyihalar Urganch tumanini vohadagi eng diqqatga sazovor va gavjum turizm maskanlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5